← Yangiliklar
“Kadrlar salohiyatini oshirish va ta'lim” komponenti bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
“Kadrlar salohiyatini oshirish va ta'lim” komponentini samarali va maqsadli amalga oshirish maqsadida UNOPS vakillari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi.
- Ta'lim ehtiyojlarini baholash so‘rovining dastlabki natijalari;
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan o‘quvlar (ta'lim dasturlari, treninglar va boshqa);
- Sanepidqo‘mitaning 90 yilligini nishonlash doirasida ta'limga oid tashkil etilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar.
