← Yangiliklar

JSST tomonidan Özbekistonda laboratoriya rahbarlarini tayyorlaş qöllab-quvvatlanmoqda

JSST tomonidan Özbekistonda laboratoriya rahbarlarini tayyorlaş qöllab-quvvatlanmoqda

Bugun poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dasturi” (GLLP) doirasida “Tipik laboratoriya tizimining umumiy körinişi”, “Laboratoriya tizimining asosiy elementlari”, “Yuqumli kasalliklar böyiça amaliy tadqiqotlar”, “Laboratoriya tizimini rivojlantiriş: istiqbollari” va “Yagona salomatlik asoslari” modullari böyiça seminar-trening öz işini boşladi.

Seminar-trening avvalida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi direktori Öral Şukurov Özbekistonda jamoat salomatligiga xavf soluvçi favqulodda holatlarda tezkor harakat qiliş maqsadida milliy laboratoriyalar faoliyatini xalqaro standartlarga moslaştirişga qaratilgan loyiha amalga oşirilayotgani va buning natijasida xalqaro hamkorlar bilan “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dasturi” (GLLP) işlab çiqilgani hamda dasturning ahamiyatiga töxtalib ötdi.

Seminar davomida iştirokçilar amaliy maşğulotlar, interfaol seminarlar va şaxsiy murabbiylik jarayonlarida qatnaşadilar. Bu ularga öz sohalarida eng yaxşi amaliyotlar va innovatsion yeçimlarni hayotga tatbiq etiş imkoniyatini yaratadi.

Eslatib ötamiz 5 kunlik seminar ertaga ham öz işini davom ettiradi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →