JSST tomonidan özbekistonda laboratoriya rahbarlarini tayyorlaş qöllab-quvvatlamoqda

Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazida “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dasturi”ni (GLLP) tantanali oçiliş marosimi ötkazildi.
Unda milliy va xalqaro hamkorlar hamda dastur ğoliblari iştirok etdi. Ikki yillik bu dastur hozirgi va kelajakdagi laboratoriya rahbarlarini milliy laboratoriya tizimlarini mustahkamlaş va barqaror rivojlantiriş uçun kuçaytiriş, şuningdek, ularning kasalliklarning oldini oliş, aniqlaş va nazorat qilişda hal qiluvçi rol öynaşini ta’minlaşga qaratilgan.
GLLP dasturi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan hamkorlikda amalga oşirilib, Özbekistonda dasturning amalga oşirilişi USAID va Global jamğarma tomonidan moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlanmoqda.
Oçiliş marosimi davomida Özbekiston böylab inson, hayvon va ösimliklar salomatligiga oid 80 dan ortiq arizalar orasidan saralab olingan GLLP dasturining 20 nafar iştirokçisiga uşbu dasturning birinçi modulini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari töğrisidagi sertifikatlar topşirildi.
Dasturning keyingi ikki yili davomida iştirokçilar amaliy maşğulotlar, interfaol seminarlar va şaxsiy murabbiylik jarayonlarida qatnaşadilar. Bu ularga öz sohalarida eng yaxşi amaliyotlar va innovatsion yeçimlarni hayotga tatbiq etiş imkoniyatini yaratadi.
👉SanepidRC👈
