Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi ilmiy daraja va (yoki) ilmiy unvonga ega yuqori malakali mutaxassislarni malaka oshirish va ixtisoslashtirish kurslarida dars berish uchun ishga taklif etadi.
Darslar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:
Epidemiologiya
Gigiyena
Bakteriologiya
Parazitar kasalliklarning laborator diagnostikasi
Sanitariya-gigiyenik laboratoriya tekshiruvlari
Tibbiy entomologiya
O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bakteriologiyasi
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar
Agar Siz mazkur yo‘nalishlardan biri bo‘yicha ilmiy salohiyat va amaliy tajribaga ega bo‘lsangiz, tinglovchilarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish yo‘lida hamkorlikka taklif etamiz.