GLLP loyihasi doirasida mintaqaviy uçraşuv bölib ötdi
GLLP loyihasi doirasida mintaqaviy uçraşuv bölib ötdi

2026-yil 16–17-iyun kunlari Qozoğiston Respublikasining Çimkent şahrida Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dasturi” (GLLP) doirasida mintaqaviy uçraşuv taşkil etildi. Unda Özbekiston, Qirğiziston, Qozoğiston va Tojikiston respublikalari vakillari iştirok etdi.
Tadbir davomida iştirokçi mamlakatlarda GLLP dasturining amalga oşiriliş jarayoni, erişilgan natijalar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan taqdimotlar ötkazildi. Xususan, Özbekistonda soğliqni saqlaş, veterinariya hamda Ösimliklar karantini va himoyasi tizimidagi laboratoriyalardan saralab olingan 18 nafar mutaxassis dasturni muvaffaqiyatli yakunlagani, tajribali mentorlar kömagida ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşirgani hamda yuqori malakali laboratoriya rahbarlari zaxirasi şakllantirilgani ta’kidlandi.
Şuningdek, JSST ekspertlari iştirokida dastur ijrosida erişilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş yöllari muhokama qilindi. Uçraşuv davomida iştirokçi davlatlarning ilğor tajribalari örganilib, dastur barqarorligini ta’minlaş, moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqildi.
