GLLP iştirokçilarining diplom himoyasi va loyihalari taqdimoti
GLLP iştirokçilarining diplom himoyasi va loyihalari taqdimoti

Poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hamkorligida “Laboratoriya liderlari uçun global dastur” (GLLP) iştirokçilarining diplom himoyasi va loyihalari taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirda JSST Yevropa mintaqaviy idorasining laboratoriya böyiça ekspertlari ham iştirok etdi.
Taqdimot marosimini Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi direktor v.b. Ö.Yodgorov oçib, laboratoriya tizimlarida zamonaviy boşqaruv usullarini joriy etiş, kadrlar salohiyatini oşiriş va xalqaro hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi. U, şuningdek, treningning amaliy ahamiyati va GLLP dasturining laboratoriya rahbarlari uçun yaratgan imkoniyatlarini alohida qayd etdi.
Ikki kunlik trening davomida iştirokçilar “Inson salomatligi” va “Atrof-muhit salomatligi” yönalişlari böyiça olgan bilimlari, amaliy könikmalari hamda öz laboratoriyalaridagi real tajribalar asosida işlab çiqqan diplom loyihalarini batafsil taqdim qilişdi. Har bir taqdimot muammoni tahlil qiliş, yeçimlar taklif etiş va xalqaro talablarga mos boşqaruv yondaşuvlarini qöllaş böyiça mahalliy laboratoriya rahbarlarining salohiyatini namoyiş etdi.
Himoya jarayonida JSSTning Yevropa mintaqaviy idorasidan taşrif buyurgan xalqaro ekspertlar taqdimotlarni çuqur tahlil qilib, har bir loyiha böyiça aniq savollar bilan berib, mavjud yondaşuvlarning kuçli va zaif tomonlarini muhokama qilişdi.
Mutaxassislar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar iştirokçilarning kelgusidagi amaliy faoliyatida laboratoriya boşqaruvini takomillaştiriş, sifat standartlariga mos işlaş va xalqaro talablarni amaliyotga joriy etiş uçun muhim yönaliş bölib xizmat qiladi.
👉SanepidRC 👈
