← Yangiliklar

GLLP dasturi doirasida Mentor va fasilitatorlar uçun seminar-trening

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazida GLLP dasturi doirasida Mentor va fasilitatorlar uçun seminar-trening ötkazildi.

Seminar-trening avvalida JSSTning Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy byurosining texnik mutaxassisi, “Yaxşi laboratoriyalar – mustahkam salomatlik” taşabbusining yetakçisi Joanna Salvi le Garrec Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotining texnik kömagi asosida Özbekistonda jamoat salomatligiga xavf soluvçi favqulodda holatlarda tezkor harakat qiliş maqsadida milliy laboratoriyalar faoliyatini xalqaro standartlarga moslaştirişga qaratilgan loyiha amalga oşirilayotgani va buning natijasida xalqaro hamkorlar bilan “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dasturi” (GLLP) işlab çiqilgani hamda dasturning ahamiyati haqida töxtalib ötdi.

Ta’kidlaş joizki mazkur dastur inson salomatligi, hayvonlar soğliği va atrof-muhitni muhofaza qiliş kabi sektorlarni qamrab olgan bölib, uşbu yönalişdagi laboratoriyalar rahbarlariga mentorlik yordamini körsatiş va kadrlarni tayyorlaş orqali laboratoriyalar milliy tizimini takomillaştiriş hamda yanada rivojlantirişga qaratilgan.

Trening davomida iştirokçilar mentorlik, fasilitatorlik hamda ustoz-şogird yönalişlari, ularning usullari va malakalari haqida taqdimot bilan taniştirib ötildi. Bundan taşqari, kompetensiyani öz-özini baholaş va rejalaştiriş yuzasidan murabbiylik böyiça amaliy maşğulotlar olib borildi.

👉SanepidRC👈

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →