← Yangiliklar
Kasalliklarni tahlil qilish markazi CDAF (AQSh) bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi
Kasalliklarni tahlil qilish markazi CDAF (AQSh) va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Mazkur tashkilot bilan hamkorlik o‘rnatishdan asosiy maqsad quyidagilar:
✅ Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislarini jalb etish;
✅ Faoliyatga innovatsion texnologiyalar hamda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish;
✅ Sohadagi etakchi professor-o‘qituvchilar hamda tajribali amaliyotchi mutaxassislarni taklif etish;
✅ Innovatsion texnologiyalarga asoslangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etishdan iborat.
