← Yangiliklar

«Byurokratiyasiz O‘zbekiston» jamoatchilik tashabbusi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi F-68-son farmoyishi bilan tasdiqlangan «Byurokratiyani bartaraf etish — 2030» dasturi doirasida «Byurokratiyasiz O‘zbekiston» jamoatchilik tashabbusi amalga oshirilmoqda.

Tashabbusning maqsadi — fuqarolar va tadbirkorlar duch kelayotgan ortiqcha hujjatbozlik, murakkab tartib-taomillar va boshqa byurokratik to‘siqlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflarni ishlab chiqish.

Tashabbus 2026-yil 21-sentabrdan 20-noyabrgacha davom etadi.

Fuqarolar va tadbirkorlar o‘z takliflarini murojaat.byurokratiyasiz2030.uz elektron platformasi orqali yuborishlari mumkin.

Taklifda muammo, uning oqibati va imkon qadar amaliy yechim ko‘rsatilishi lozim.

Eng dolzarb takliflar asosida ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

SanepidRC