Boşqariluvçi yuqumli kasalliklarni oldini olişda vaksinatsiyaning ahamiyati
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoatçilik sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi kursantlari uçun “Boşqariluvçi yuqumli kasalliklarni oldini olişda vaksinatsiyaning ahamiyati” mavzusida öquv maşğuloti ötkazildi.


Nazariy va amaliy tarzda olib borilgan maşğulotda yuqumli kasalliklarning oldini olişda vaksinatsiyaning örni va ahamiyatiga alohida töxtalib ötildi.
Respublika milliy vaksina saqlaş omborxonasiga AQŞ davlatidan COVAX dasturi yordamida olingan bir million doza Pfizer vaksinani qabuli, vaksinani muzlatkiçlarga joylaştiriş, vaksinani taşiş, saqlaşda sovuqlik zanjiriga rioya etilişi, sovutgiç kameralarda milliy emlaş taqvimi asosida bolalarni rejali emlaş uçun olingan vaksinalarni saqlaş holatini amaliyotda örganilib, özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olişdi.
Amaliy maşğulotda vraçlar Milliy vaksina saqlaş omborida respublikada 13 turdagi infeksiyaga va epid körsatma böyiça koronavirus infeksiyaga qarşi emlaş uçun Pfizer vaksinalarni zahirasi yaratilganini va uşbu vaksinalar ehtiyojga asosan ma’muriy hududlarni davolaş profilaktika muassasalariga maxsus avtorefrijerator transportga yetkazib berilayotgani tartibi bilan taniştirildi.
