← Yangiliklar

Birinchi kursantlar malaka oshirish kurslarini tugatishdi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida soha mutaxassislari “Bakteriologiya”, “Epidemiologiya”, «Parazitar kasalliklar laborator diagnostikasi», “Gigiena” bo‘yicha bir oylik malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tugatdi.

Dastur davomida mutaxassislar o‘rganishi va amalda qo‘llashi uchun kerakli bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta'minlandi. Darslarda sohaga kerakli barcha bilimlar asosan laboratoriya va ishlab chiqarish tashkilotlarida o‘tkazildi.

Yaxshi natija bilan tamomlangan kursantlarga dastur so‘ngida sertifikatlar taqdim qilindi.