← Yangiliklar

“Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusida malaka oşiriş kurslari ötkazildi

“Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusida malaka oşiriş kurslari ötkazildi

Bugungi kunda jahon hamjamiyati uçun biologik xavfsizlik masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Yuqumli kasalliklarning tez tarqalişi, yangi patogenlarning paydo bölişi va biologik tahdidlarning global miqyosda kuçayişi bioxavfsizlik sohasida mutaxassislar tayyorlaşni yanada talab etmoqda. Şu bois aholi salomatligini muhofaza qiliş, xavflarni barvaqt aniqlaş va ularning oqibatlarini minimallaştiriş maqsadida kadrlarning bilim va könikmalarini doimiy ravişda oşirib boriş juda muhim.

Aynan şu maqsadda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Loyihalar xizmatlari boşqarmasi (UNOPS) hamkorligida Sanepidqömning Qoraqalpoğiston Respublikasi va hududiy bölim mutaxassislari uçun “Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusida malaka oşiriş kurslari taşkil etildi.

Kursning dolzarbligi şundaki, u mutaxassislarni biologik tahdidlar şaroitida zamonaviy yondaşuvlar asosida işlaşga tayyorlaydi, xavflarni boşqariş va favqulodda vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş könikmalarini şakllantiradi. Mazkur kurslarda 100 dan ortiq mutaxassis xalqaro standartlar va ilğor amaliyotlar asosida öz bilimlarini mustahkamladi.

Maşğulotlar davomida iştirokçilar biologik xavf darajalari, bioxavfsizlik tamoyillari, xavfli infeksiyalar bilan işlaşda qöllaniladigan me’yorlar hamda global biologik tahdidlarga javob beriş mexanizmlari bilan tanişdilar. Bu esa hududlarda infeksiyalarga qarşi barqaror tizim yaratişda muhim omil bölib xizmat qiladi.

Kursning amaliy ahamiyati şundaki, mutaxassislar bioxavfsizlik, biohimoya va xavflarni bartaraf etiş böyiça zarur könikmalarga ega böldilar, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik körişda amaliy maşğulotlar orqali tajribaga ega böldilar.

Iştirokçilar Sanepidqömitaning Virusologiya laboratoriyasi faoliyati bilan tanişib, bioxavfsizlikni nazorat qiliş böyiça amaliy körsatmalar oldilar.

Kurs yakunida barça iştirokçilarga sertifikatlar topşirildi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →