← Yangiliklar

“Biohimoya va bioxavfsizlik” mavzusida öquv-seminar

“Biohimoya va bioxavfsizlik” mavzusida öquv-seminar

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi tomonidan Sanepidqömita Sirdaryo viloyati boşqarmasi şahar va tuman bölimlari mutaxassislari iştirokida “Biohimoya va bioxavfsizlik” mavzusida öquv-seminar taşkil etildi.

Seminar davomida mutaxassislarga laboratoriya şaroitida uçraşi mumkin bölgan biologik xavf omillari, infeksiya tarqalişining oldini oliş çoralari, şaxsiy himoya vositalaridan töğri foydalaniş hamda xavfli biologik materiallar bilan işlaş qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Şuningdek, biologik çiqindilarni zararsizlantiriş tartiblari ham tuşuntirildi.

Tadbirda amalda qöllanilayotgan sanitariya-gigiyena talablari, milliy va xalqaro standartlar hamda favqulodda holatlarda harakat qiliş algoritmlari ham muhokama qilindi.

Seminar interaktiv tarzda ötkazilib, iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis-trenerlar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Bunday öquv-seminarlar soha xodimlarining kasbiy salohiyatini oşiriş, iş jarayonida xavfsizlikni ta’minlaş hamda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →