“Biohimoya va bioxavfsizlik böyiça” öquv-seminari ötkazildi
“Biohimoya va bioxavfsizlik böyiça” öquv-seminari ötkazildi

Turli soha xodimlarining Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari böyiça bilim va amaliy könikmalarini oşiriş maqsadida malaka oşiriş kurslari tizimli ravişda yölga qöyilmoqda.
Uşbu kurslar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi tomonidan soğliqni saqlaş, laboratoriya işlari, işlab çiqariş, xizmat körsatiş va boşqa sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uçun zamonaviy talablar asosida taşkil etilmoqda.
Jumladan, mazkur yönalişda “Intermed” klinikasining laboratoriya mutaxassislari iştirokida “Biohimoya va bioxavfsizlik böyiça” öquv-seminari ötkazildi. Seminar davomida laboratoriya şaroitida biologik xavf omillari, infeksiya tarqalişining oldini oliş çora-tadbirlari, şaxsiy himoya vositalaridan töğri foydalaniş, xavfli biologik materiallar bilan işlaş qoidalari hamda çiqindilarni zararsizlantiriş tartiblari böyiça atrofliça ma’lumotlar berildi.
Şuningdek, iştirokçilarga amalda qöllanilayotgan sanitariya-gigiyena talablari, milliy va xalqaro standartlar, favqulodda holatlarda harakat qiliş algoritmlari tuşuntirildi. Seminar interaktiv tarzda ötkazilib, iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis-trener tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. Öquv-seminar söngida sertifikatlar topşirildi.
Bunday öquv-seminarlar soha xodimlarining kasbiy salohiyatini oşiriş, iş jarayonida xavfsizlikni ta’minlaş hamda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
👉SanepidRC 👈
