← Yangiliklar
Belarus Respublikasining Gigiena ilmiy amaliy markazi Respublika unitar korxonasi bilan memorandum imzolandi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Belarus Respublikasining Gigiena ilmiy-amaliy markazi Respublika unitar korxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida:
Tajriba almashish va muloqot qilish maqsadida hamkorlikda maslahatlashuvlar o‘tkazish,
Konferentsiyalar, seminarlar, mashg‘ulotlar,
Ishchi guruhlarning amaliy uchrashuvlarini tashkil etish hamda muntazam ravishda ma'lumotlar almashuvi va jurnallarda maqolalar chop etishni yo‘lga qo‘yish borasida ham kelishib olindi.
