← Yangiliklar

KOICA R&D öquv dasturining 4-bosqiçi muvaffaqiyatli yakunlandi

KOICA R&D öquv dasturining 4-bosqiçi muvaffaqiyatli yakunlandi

Poytaxtimizda “Ilmiy izlanişlar, innovatsiyalar, yangi bilim va texnologiyalarni yaratiş hamda ularni amaliyotga joriy etiş imkoniyatlarini rivojlantiriş (R&D)” mavzusiga bağişlangan öquv dasturining 4-bosqiçi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Koryo universiteti va Sanepidqömita hamkorligida amalga oşirilayotgan “Özbekistonda kasalliklar yukini kamaytiriş hamda yuqumli kasalliklarga qarşi kuraş tizimini takomillaştiriş” loyihasi doirasida taşkil etilgan seminarda Sanepidqömita, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toşkent davlat tibbiyot universiteti mutaxassislari iştirok etdi.

Seminar davomida Koreya Respublikasidan yetakçi mutaxassislari — professorlar Çun Byung Çul, Yoon Young Kyung (epidemiologiya va yuqumli kasalliklar sohasi böyiça) tomonidan yuqumli kasalliklarni boşqariş yönalişida milliy tadqiqot salohiyatini mustahkamlaş, şuningdek, ilmiy maqolalar yoziş böyiça öquv maşğulotlari va treninglar ötkazildi.

Dastur doirasida iştirokçilar Urganç davlat tibbiyot institutida taşkil etilgan “Infeksiyalar va jamoat salomatligi: dolzarb muammolar va ularning yeçimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ham faol qatnaşdi. KOICA seksiyasi doirasida “Yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşişda global soğliqni saqlaş hamkorligini mustahkamlaş: strategiyalar, yondaşuvlar va mexanizmlar” mavzusida 12 nafar iştirokçi tomonidan 8 ta ilmiy taqdimot namoyiş etildi.

Tadbir davomida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini oliş, zamonaviy diagnostika va profilaktika usullarini takomillaştiriş, innovatsion yeçimlarni amaliyotga joriy etiş hamda mahalliy va xorijiy mutaxassislar örtasidagi ilmiy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →