← Yangiliklar

9-may — Xotira va qadrlaş kuni

9-may — Xotira va qadrlaş kuni

Respublikamizda 9-may “Xotira va qadrlaş kuni” katta tantanalar bilan nişonlanadi. Taşkilot va korxonalarda yoşi uluğlarni e’zozlaş, ötganlar ruhini e’zozlaş maqsadida turli tadbirlar ötkazib kelinadi. Soha fidoyilarga ğamxörlik körsatiş, ularni qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratiladi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasida Kasaba uyuşmasi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri taşkil etildi.

Tadbirda Sanepidqömita, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi rahbariyati va xodimlari, sanitariya-epidemiologiya sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniylar, sohaga munosib hissa qöşgan xodimlar hamda yoşlar iştirok etdi.

Tadbirni Qömita raisi Bahodir Yusupaliyev oçib berdi. U öz sözida yurtimiz tinçligi, xalqimiz osoyiştaligi yölida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasi yodga olinayotgani, ularning salomatlikni saqlaş yölida körsatgan mehnatlari yuksak qadrlanayotganini ta’kidladi.

Köp yillik mehnati bilan soha rivojiga hissa qöşgan faxriylarga taşakkurnoma va esdalik sovğalari topşirildi.
Ular öz navbatida taşkilotçilarga çuqur minnatdorçilik bildirişdi.

SanepidRC

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →