← Yangiliklar

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi. Unda Sanepidqömita, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi, Milliy referens laboratoriyasining xodimlari iştirok etdi.

Tadbirni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi Bahodir Yusupaliyev kiriş sözi bilan oçib, barça ayol-qizlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Şuningdek, Sanepidqömita raisining birinçi örinbosari Nurmat Atabekov ham barçani bayram bilan samimiy tabrikladi.

Kötarinki kayfiyatda nişonlangan tadbir davomida Sanepidqömita va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazida samarali mehnat faoliyat olib borayotgan ayollarga “Soğliqni saqlaş a’loçisi” kökrak nişoni, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Qömitaning taşakkurnomalari tantanali ravişda topşirildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi bölim boşliği Elmira Suyunova ham samarali mehnati, soha rivojiga qöşgan hissasi uçun taşakkurnoma topşirildi.

Tadbir söngida ayollar madh etilgan kuy-qöşiqlar davraga fayz, kötarinki ruh bağişladi. Bayram munosabati bilan muhtaram ayol-qizlarga esdalik sovğalari ulaşildi.

👉SanepidRC 👈

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →