«O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish» loyihasi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish» loyihasi doirasidagi seminar-trening o‘z ishini yakunladi.
Sanepidqo‘mita va Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi xodimlari ishtirok etishdi.
– Seminar-trening interaktiv tarzda o‘tganini alohida ta'kidlamoqchiman, – deydi Sanepidqo‘mita etakchi mutaxassisi Zuhra Usmanova. – O‘tilgan mavzular juda qiziqarli tarzda olib borildi. So‘zim so‘ngida barcha tashkilotchilariga ayniqsa Chungbuk Milliy universiteti professori Jee Hee Jung va qatnashchilarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Alohida ta'kidlash kerakki, tinglovchilar seminar-trening davomida olgan bilim va ko‘nikmalari kelgusi faoliyatlarida yuqori natijalarga erishishlariga zamin bo‘ladi.
