2-iyul – “Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi töğrisida”gi Qonun qabul qilingan kun
2-iyul – “Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi töğrisida”gi Qonun qabul qilingan kun
1992-yil 2-iyulda “Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi töğrisida”gi Qonun qabul qilinib, Davlat gerbi mamlakatimiz mustaqilligining muqaddas ramzi sifatida tasdiqlandi. Davlat gerbida xalqimizning tinçliksevarligi, bunyodkorligi, farovonlikka intilişi hamda milliy qadriyatlari öz ifodasini topgan. Uning har bir ramzi va tasviri çuqur ma’no kasb etib, Vatanga sadoqat va milliy ğurur tuyğularini aks ettiradi.
🔹Davlat ramzlarini hurmat qiliş — har bir fuqaroning yuksak ma’naviy burçidir. Gerbimizga ehtirom körsatiş Vatanimizga bölgan hurmat va sadoqatning yorqin ifodasidir.