«Yuqumli kasalliklar epidemiologiya bo‘yicha» 5-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi bo‘yicha seminar-trening

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish maqsadida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida «Yuqumli kasalliklar epidemiologiya bo‘yicha» 5-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda Sanepidqo‘mita va Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, OITSga qarshi kurashish markazi va Toshkent davlat tibbiyot universiteti mutaxassislari ishtirok etdi. Interaktiv tarzda o‘tgan seminar-treningda kasalliklar yuklamasi to‘g‘risidagi mavzular taqdimot orqali tushuntirilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

5 kunlik seminarda KOICA-Korea universiteti PMCning proffesorlari – Lee Yonhan, Park Hanul va tadqiqotchi Baral Sachchi Chitrakar tomonidan kasalliklar holati va tarqalishining ko‘rsatkichlarini tanlash va izohlash bo‘yicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

👉SanepidRC👈