YANGI YIL TABRIGI

Hurmatli tibbiyot va sanitariya sohasi xodimlari!

Sizlarni 2026-yil bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Yangi yil sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik hamda mas’uliyatli mehnatingizda yangi yutuqlar olib kelsin. Aholi salomatligini asrash yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun minnatdorlik bildiramiz.

Hurmat bilan,
Markaz jamoasi