Biohimoya va bioxavfsizlik bo‘yicha” o‘quv-seminari o‘tkazildi

Turli soha xodimlarining Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ushbu kurslar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sog‘liqni saqlash, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun zamonaviy talablar asosida tashkil etilmoqda.

Jumladan, mazkur yo‘nalishda “Intermed” klinikasining laboratoriya mutaxassislari ishtirokida “Biohimoya va bioxavfsizlik bo‘yicha” o‘quv-seminari o‘tkazildi. Seminar davomida laboratoriya sharoitida biologik xavf omillari, infeksiya tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, xavfli biologik materiallar bilan ishlash qoidalari hamda chiqindilarni zararsizlantirish tartiblari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga amalda qo‘llanilayotgan sanitariya-gigiyena talablari, milliy va xalqaro standartlar, favqulodda holatlarda harakat qilish algoritmlari tushuntirildi. Seminar interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis-trener tomonidan batafsil javoblar qaytarildi. O‘quv-seminar so‘ngida sertifikatlar topshirildi.

Bunday o‘quv-seminarlar soha xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

👉SanepidRC 👈