“Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashning asosiy texnologiyalari” mavzusida ko‘chma mashg‘ulot

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining Oziq-ovqat xavfsizligi hamda Gigiyena yo‘nalishidagi kursantlari uchun “Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashning asosiy texnologiyalari” mavzusida ko‘chma mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida:
Pedagog O. Azizov tomonidan ilmiy markazning laboratoriya infratuzilmasi, tekshiruv jarayonlari va qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar haqida batafsil axborot berildi.
Kursantlar oziq-ovqat mahsulotlarini fizik-kimyoviy, mikrobiologik va toksikologik tahlil qilish bosqichlari bilan amaliyotda tanishdilar.
Qadoqlash jarayonida xavfsizlik talablari, qo‘shimchalardan foydalanish normalari va mahsulot sifatini ta’minlashda qo‘llaniladigan xalqaro standartlar muhokama qilindi.
Markazning zamonaviy uskunalarida namunalarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ekspertiza qilish algoritmlari amalda ko‘rsatib berildi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈



