Sanepidqo‘mitaning Namangan va Sirdaryo viloyat boshqarma va bolimlari mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari

Poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalar xizmatlari boshqarmasi (UNOPS) hamkorligida tashkil etilgan ushbu 5️⃣ kunlik “Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusidagi malaka oshirish kurslarida Sanepidqo‘mitaning Namangan va Sirdaryo viloyat boshqarma va bolimlari mutaxassislari ishtirok etdi.
Kurs davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari N.Qarshiyeva va G.Radjapbayeva, shuningdek, soha mutaxassislari M.Madaminov va I.Zaitov tomonidan ma’ruzalar o‘qildi. Mutaxassislar maʼruzalarida biologik xavf darajalari, bioxavfsizlik tamoyillari hamda xavfli infeksiyalar bilan bog‘liq masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar bioxavfsizlik, biohimoya, xavflarni boshqarish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirishdi.
Ishtirokchilar Sanepidqo‘mitaning Virusologiya laboratoriyasi faoliyati bilan ham tanishdilar. Laboratoriya xodimi I.Zaitov tomonidan bioxavfsizlikni nazorat qilish choralari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Kurs yakunida Sanepidqo‘mitaning Namangan va Sirdaryo viloyatlari boshqarma va bolimlaridan qatnashgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.
Navbatdagi malaka oshirish kurslarida Sanepidqo‘mitaning Jizzax va Samarqand viloyatlari boshqarma va bolimlari mutaxassislari qatnashmoqda.
👉SanepidRC 👈



