Sayyor sikl malaka oshirish kursi yakuni bo’yicha test hamda og‘zaki sinovlar o’tkazildi

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan “Sanitariya-gigiyenik laboratoriya tekshiruvi” va “Bakteriologiya” sayyor sikl malaka oshirish kursi yakuni bo’yicha test hamda og‘zaki sinovlar o’tkazildi.
1️⃣ oylik o‘quv kursi davomida Sanepidqo‘mita va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan sohadagi yangiliklar hamda xodimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida darslar o‘tildi. Sinov natijalari orqali malakali va zamonaviy talablar darajasida tayyorlangan kadrlar safi yanada kengayishiga xizmat qiladi.
👉SanepidRC 👈



