Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va ixtisoslik mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi kursantlari uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Shayxontohur tuman bo‘limida malaka oshirish va ixtisoslik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i, PhD Anvar Shukurov va Respublika OITSga qarshi kurashish markazi vrach epidemiologi Nilufar Kadirova sohaga oid dolzarb ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Mazkur mashg‘ulotlarda kursantlarga mamlakatimizda Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar, oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasidagi qonunchilik va texnik hujjatlarni JSTning Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha bitimi (SFS choralari) talablari va Alimentarius Kodeksi standartlariga uyg‘unlashtirish hamda oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, bugungi kunda  OIV infeksiyasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar interfaol usulda tushuntirildi. OIV infeksiyasini shifoxona Ichi sharoitida tarqalishini oldini olish bo‘yicha tibbiy xodimlar tomonidan olib borilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida  maʼlumotlar berildi.
 
Kursantlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash orqali:
oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini ta’minlash va aholi salomatligini saqlash;
yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish;
nazorat tadbirlarini amalga oshirish;
sanitariya-epidemiologiya xizmatida olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri tushuntirish;
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z faoliyatini samaradorligini oshirishga erishishadi.
 
Malaka oshirish – nafaqat kasbiy bilimlarni kengaytiradi, balki jamoat salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.