Bakteriologiya yo‘nalishida amaliy mashg‘ulot

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi Bakteriologiya yo’nalishi kursantlari uchun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriyasida ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida:
✅ bakteriologik tahlil usullari,
✅ xavfsizlik qoidalari,
✅ zamonaviy laboratoriya jihozlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Mashg‘ulot kadrlarning amaliy tajribasini oshirish va sohaga qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈