1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Hurmatli vatandoshlar! 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni! Barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan o‘z nomimdan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi jamoasi nomidan qutlayman!

Ustoz va murabbiylik sharafli va mas’uliyatli kasbdir. Sizlar yosh avlodga nafaqat bilim, balki hayotiy saboq, insoniy qadriyatlar va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini singdirib kelmoqdasizlar.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

O‘.Shukurov,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni

qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori