Ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda JSST hamkorligida “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” (GLLP) doirasida “Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, javob harakatlari va qayta tiklash” va “Rahbarlik/yetakchilik va boshqaruv” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
Ishtirokchilarga “Umumiy yetakchilik ko‘nikmalari”, “Strategik rejalashtirish”, “Sog‘liqni saqlash tizimi, laboratoriya va o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish” modullarda tushuntirib o‘tildi. Seminar-trening davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Atabekov bilan uchrashuvda ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi bilan tanishuv, qanday qilib yetakchi-senator bo‘lish, yetakchilik qobiliyati va motivatsiyasiga ega bo‘lish va aholi bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi senatorlar bilan uchrashuv va ekskursiya trening ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Seminar davomida ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlar, interfaol seminarlar ва shaxsiy murabbiylik jarayonlarida faol qatnashdilar. Seminar so‘ngida ularga sertifikatlar topshirildi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈



