“Ilmiy tadqiqot va rivojlanish salohiyatini oshirish bo‘yicha” seminar-trening

Kecha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish loyihasi» doirasida “Ilmiy tadqiqot va rivojlanish salohiyatini oshirish bo‘yicha” 2-seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Unda Sanepidqo‘mita va uning hududiy boshqarma va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlari ishtirok etmoqda.
Tadbir avvalida hamkorlikda boshlangan tadbir o‘zaro tajriba almashish imkonini berishi ta’kidlab o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz 5 kunlik seminar bugun ham o‘z ishini davom ettiradi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈