Sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 2-bosqich ToT kursi yakunlandi

‼️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish loyihasi» doirasidagi sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 2-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi yakunlandi.
Sanepidqo‘mita va Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlari ishtirok etdi.
– Seminar-trening interaktiv tarzda o‘tganini alohida ta’kidlamoqchiman, – deydi Sanepidqo‘mita yetakchi mutaxassisi Zuhra Usmanova. – O‘tilgan mavzular juda qiziqarli tarzda olib borildi. So‘zim so‘ngida barcha tashkilotchilariga ayniqsa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi va KOICA tashkilotiga minnatdorchilik bildiraman.
5 kun davom etgan trening sog‘liqni saqlash sohasida axborotlarni tahlil qilish, statistikani to‘g‘ri yuritish va tahliliy salohiyatni oshirishga qaratildi. Seminar so‘nggida ishtirokchilarga sertifikatlar toshirildi.
Alohida ta’kidlash kerakki, tinglovchilar seminar-trening davomida olgan bilim va ko‘nikmalari kelgusi faoliyatlarida yuqori natijalarga erishishlariga zamin bo‘ladi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈