Fasilitator va mentorlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv

“Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” GLLP doirasida fasilitator va mentorlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosining Laboratoriya tizimlari bo’yicha xalqaro maslahatchisi Alexander Jaguparov ham ishtirok etib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bunday uchrashuvlar laboratoriya tizimida yetakchi kadrlarni tayyorlash va xalqaro standartlarga mos rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

👉SanepidRC 👈