Sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 4-bosqich “Training of Trainers” (ToT) seminar-treningi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish hamda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 4-bosqich “Training of Trainers” (ToT) seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Sanepidqo‘mita, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti va TDTU Chirchiq filialining malakali mutaxassislari ishtirok etdi.

Sog‘liqni saqlash tizimida statistik ma’lumotlar sifati va monitoring jarayonlarini yaxshilash, mutaxassislarda analitik tafakkurni rivojlantirish, epidemiologik vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda axborotlarni xalqaro talablarga muvofiq yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan treningda Koreyadan tashrif buyurgan Koreya universiteti (Korea University) Jamoat salomatligi oliy maktabi dekani, professor An Hyeong Jin hamda Chungbuk milliy universiteti Axborot statistika kafedrasi professori Ji Hee Jung ma’ruzalar o‘qidi.

Mashg‘ulotlar davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy tajriba almashildi:
📌sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha zamonaviy nazariy bilimlar;
📌statistik va epidemiologik tahlil usullari;
📌raqamli axborot tizimlaridan samarali foydalanish;
📌yuqumli kasalliklar bo‘yicha indikatorlarni hisoblash va baholash.

Besh kun davom etgan mazkur ToT-trening yakuniga ko‘ra ishtirokchilarga KOICA loyihasi doirasida belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈