Sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 3-bosqich ToT kursi doirasidagi seminar-trening yakunlandi

Avval xabar berilganidek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish maqsadida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 3-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi doirasidagi seminar-trening o‘z ishini yakunladi.

Sanepidqo‘mita va Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlari ishtirok etishdi.

– Seminar-trening interaktiv tarzda o‘tganini alohida ta’kidlamoqchiman, – deydi Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikramov. – KOICA tashkiloti ekspertlari va Koreya universiteti Tibbiyot fanlari kafedrasi professori Yohan Li GBD-yuqumli kasalliklar yuklamasi to‘g‘risidagi mavzularni taqdimot orqali tushuntirib, seminar mashg‘ulot ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.
5 kunlik seminarda kasalliklar holati va tarqalishining ko‘rsatkichlarini tanlash va izohlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar oshirildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈