Hammamizga ma’lumki, har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayram sifatida keng nishonlanib kelinadi.

Shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki, bizning mahoratimiz, malakamiz, mas’uliyatimiz insonlarning hayoti va taqdirida o‘rin egallaydi. Jamiyatimizning barcha sohalari qatorida, mamlakatimizda tibbiyotning rivojlanishi, sifatli tibbiyot xizmatlaridan foydalanishlari, shifokorlarning bilimlari, ko‘nikmalari, mahoratlarini oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Biz barcha sohalardan ham tibbiyot sohasiga alohida e’tibor ko‘rsatdik. Chunki bosh maqsadimiz – xalq salomatligini saqlash, sog‘lig‘ini yanada mustahkamlash”, deb ta’kidlagani so‘zlarimizning isbotidir.

Bugun davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot sohasi vakillari oldiga butunlay yangi talab va vazifalar qo‘yilgan. Zahmatli ammo sharafli kasbingiz ortidan kelayotgan xalq olqishi va rahmati sizlarni yuksaklarga chorlasin. Insonlarni davolash, sog‘lig‘ini yaxshilash, mustahkamlash yo‘lidagi ishlaringizda ilmingiz yanada oshib, tafakkuringiz teranlashib boraversin.

Fursatdan foydalanib, soha xodimlarini kasb bayramingiz bilan yana bir bor muborakbod etaman. Sizlarga uzoq umr, tani-sihatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik va xotirjamlik tilayman, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda omad hamisha yor bo‘lsin. Aziz shifokorlar – barchangizga bayram muborak bo‘lsin!

Bekzod Ubaydullayev,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori