Poytaxtimizda xalqaro trening bölib ötdi
Poytaxtimizda xalqaro trening bölib ötdi

2025-yil 15–19 sentyabr kunlari Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hamkorligida “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uçun global dasturi” (GLLP) doirasida “Laboratoriya faoliyatini taşkil qiliş va boşqariş” mavzusida navbatdagi trening ötkazildi.
Seminar-treningda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi direktori Ö.Şukurov laboratoriya tizimlarida zamonaviy boşqaruv usullarini joriy etiş, kadrlar salohiyatini oşiriş hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirişning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Şuningdek, mazkur loyiha laboratoriya rahbarlari uçun yaratilgan imkoniyatlar hamda kadrlar malakasini oşirişda muhim qadam ekanini qayd etdi.
Trening dasturida laboratoriya tizimlari va moliyaviy boşqaruv, xarajatlar tahlili hamda boşqaruvning umumiy könikmalari, korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş masalalari kabi yönalişlarda mutaxassislar ma’ruzalari tinglandi.
Şuningdek, Davlat axborot tizimlarini yaratiş va qöllab-quvvatlaş böyiça yagona integrator – UZINFOCOM vakili Feruza Abdusamatova “Laboratoriya axborot tizimlari” mavzusida taqdimot ötkazib, unda avtomatlaştirilgan LISni joriy etiş, ma’lumotlarni himoyalaş va kiberxavfsizlik böyiça batafsil tuşuntirişlar berdi.
Trening davomida iştirokçilar guruhlarda amaliy maşğulotlar ötkazib, öz taqdimotlari orqali bilim va tajriba almaşişdi. Tadbir yakunida loyihaning barça qatnaşçilariga sertifikatlar topşirildi.
Ma’lumot örnida aytiş mumkinki, GLLP dasturi inson salomatligi, hayvonlar soğliği va atrof-muhit sektorlari laboratoriyalari liderlariga mentorlik yordamini körsatiş va kadrlarni tayyorlaş orqali laboratoriyalar milliy tizimini takomillaştiriş hamda yanada rivojlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatli.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈
