← Yangiliklar

“Özbekistonda kasalliklar yukini kamaytiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraş tizimini takomillaştiriş” loyihasi doirasida seminar

“Özbekistonda kasalliklar yukini kamaytiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraş tizimini takomillaştiriş” loyihasi doirasida seminar

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasida “Ilmiy izlanişlar, innovatsiyalar, yangi bilim va texnologiyalarni yaratiş hamda ularni amaliyotga joriy etiş imkoniyatlarini rivojlantiriş” (R&D) mavzusida navbatdagi 3 bosqiçli seminar öz işini boşladi.

Koryo universiteti hamda Sanepidqömita örtasida hamkorlikdagi “Özbekistonda kasalliklar yukini kamaytiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraş tizimini takomillaştiriş” loyihasi doirasida taşkil etilgan seminarda Sanepidqömita, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi, Virusologiya ITI va Toşkent davlat tibbiyot universiteti mutaxassislari iştirok etmoqda.

5 kunlik seminar doirasida Koreya Respublikasidan professorlar — Çxon Byonçol va Yun Yongkyon hamda tadqiqotçi Kim Jiyon (epidemiologiya va yuqumli kasalliklar sohasi böyiça) tomonidan yuqumli kasalliklarni boşqariş yönalişida milliy tadqiqot salohiyatini mustahkamlaş, şuningdek, ilmiy maqolalar yoziş böyiça öquv maşğulotlari va treninglar ötkazilişi rejalaştirilgan.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar →