“Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusidagi malaka oşiriş kurslari boşlandi
“Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusidagi malaka oşiriş kurslari boşlandi

Bugungi kunda jahon hamjamiyati uçun biologik xavfsizlik masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yuqumli kasalliklarning oldini oliş, aholi salomatligini muhofaza qiliş va turli biologik tahdidlarga samarali javob beriş uçun malakali kadrlarni tayyorlaş va ularning bilim hamda könikmalarini doimiy ravişda oşirib boriş biz uçun muhim vazifa hisoblanadi.
Bugun poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi hamda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Loyihalar xizmatlari boşqarmasi (UNOPS) hamkorligida “Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusidagi malaka oşiriş kurslari boşlandi.
Tadbirni Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi direktori Ö.Şukurov oçib berib, hozirgi kunda biologik xavflar va yuqumli kasalliklar barça mamlakatlar uçun jiddiy masala hisoblanişi, mazkur kurs davomida olingan bilim va tajribalar iştirokçilarga kelgusida amaliy faoliyatida mustahkam zamin yaratib, aholi salomatligini muhofaza qilişda muhim örin tutişini ta’kidladi.
Beş kunlik malaka oşiriş kurslari dunyo standartlari va ilğor tajribalar asosida malaka oşiriş imkoniyatini yaratib, hududlardan taşrif buyurgan epidemiologlar va yuqumli kasalliklar bilan işlaydigan mutaxassislar uçun yangi bilim va amaliy könikmalar manbai bölib xizmat qiladi.
22-26-sentabr kunlari ötkaziladigan malaka oşiriş kurslarida Qömitaning Toşkent şahar va Toşkent viloyati boşqarmalarining mutaxassislari iştirok etmoqda. Kelgusida bu kabi kurslarda Sanepidqömitaning barça hududiy boşqarmalarining mutaxassislari malaka oşirişlari rejalaştirilgan.
