GLLP loyihasi doirasida mintaqaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026-yil 16–17-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” (GLLP) doirasida mintaqaviy uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston respublikalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchi mamlakatlarda GLLP dasturining amalga oshirilish jarayoni, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Xususan, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, veterinariya hamda O‘simliklar karantini va himoyasi tizimidagi laboratoriyalardan saralab olingan 18 nafar mutaxassis dasturni muvaffaqiyatli yakunlagani, tajribali mentorlar ko‘magida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirgani hamda yuqori malakali laboratoriya rahbarlari zaxirasi shakllantirilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, JSST ekspertlari ishtirokida dastur ijrosida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida ishtirokchi davlatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganilib, dastur barqarorligini ta’minlash, moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

👉SanepidRC👈