Sayyor sikl o‘quv kurslari tashkil etildi

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasida xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sayyor sikl o‘quv kurslari tashkil etildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining katta o‘qituvchisi Feruza Xakimova tinglovchilar uchun dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida quyidagi mavzularga alohida to‘xtalib o‘tdi:
Aholi salomatligini muhofaza qilishning huquqiy asoslari hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda zamonaviy profilaktik yondashuvlar;
Korrupsiyaga qarshi kurash, tizimdagi korrupsiya xavf-xatarlarining oldini olish mexanizmlari;
Dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari va ularni amaliyotga tatbiq etish;
Klinik ko‘rsatmalar va tizimli sharhlar bilan ishlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar.
Kurs davomida tinglovchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tavsiyalar va tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.



