Markazda yangi o‘quv yili boshlandi!

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida yangi o‘quv yili o‘quv kurslari bilan boshlandi.
🔹 Epidemiologiya
🔹 Bakteriologiya
🔹 Sanitariya-gigiyenik laboratoriya tekshiruvlari
yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan kurslarda turli hududlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar sohaga oid zamonaviy bilimlarini boyitib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda hamda kasbiy malakasini oshirmoqda.

Bunday o‘quv kurslari sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish va sohada malakali kadrlar salohiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

👉SanepidRC👈