Mustaqillik bayrami tabrigi

Aziz yurtdoshlar!
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi jamoasi nomidan barchangizni xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — milliy o‘zligimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, Vatanimiz ravnaqi va kelajagiga ishonch bilan intilishimiz uchun mustahkam poydevordir.
Shu qutlug‘ ayyomda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga sihat-salomatlik, har bir xonadonga fayzu baraka, farovonlik va baxt-saodat tilaymiz.
Jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz hayoti tinch va farovon bo‘lsin! Yana bir bor Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi jamoasi



