Yuqumli kasalliklarni elektron monitoring qilish tizimi amaliyotga keng joriy etilmoqda

Urganch shahrida “Yuqumli kasalliklarning elektron monitoring axborot tizimi” (YUKEM)ni hududlarda samarali joriy etish va raqamli axborot almashinuvini takomillashtirish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi mas`ul vakillari, boshqarmaning shahar va tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan epidemiologlar hamda YUKEM axborot tizimi uchun mas’ul xodimlar, shuningdek, viloyat va tuman tibbiyot birlashmalarida faoliyat olib borayotgan infeksionist shifokorlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga YUKEM axborot tizimining imkoniyatlari, uning afzalliklari va amaliyotda qo‘llash tartibi bo‘yicha nazariy hamda amaliy tushunchalar berilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan tizim orqali ma’lumotlarni shakllantirish, tahlil qilish va elektron tarzda almashish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari o‘zlarining amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, faoliyat davomida uchrayotgan muammolar va dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashishdi.
Tadbir doirasida tizimdan samarali foydalanish, epidemiologik vaziyatni tezkor baholash hamda raqamli texnologiyalarni soha faoliyatiga keng joriy etish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.



