Sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 3-bosqich ToT kursi boshlandi

O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish maqsadida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 3-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi bugun, 2025-yil 4-avgust kuni boshlandi.

Ushbu trening 5 kun davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, u ishtirokchilarning statistik tahlil ko‘nikmalarini mustahkamlash va ulardan amaliyotda foydalanish bo‘yicha bilim va tajribasini oshirishga xizmat qiladi.

Trening davomida statistik ma’lumotlarni to‘plash, ularni tizimli ravishda tahlil qilish, indikatorlar asosida baholash kabi mavzular qamrab olinadi. Bundan tashqari, tahliliy salohiyatni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Quyida treningning ilk kunidan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈