8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Sanepidqo‘mita, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, Milliy referens laboratoriyasining xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev kirish so‘zi bilan ochib, barcha ayol-qizlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov ham barchani bayram bilan samimiy tabrikladi.

Ko‘tarinki kayfiyatda nishonlangan tadbir davomida Sanepidqo‘mita va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida samarali mehnat faoliyat olib borayotgan ayollarga “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Qo‘mitaning tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Elmira Suyunova ham samarali mehnati, soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnoma topshirildi.

Tadbir so‘ngida ayollar madh etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga fayz, ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Bayram munosabati bilan muhtaram ayol-qizlarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

👉SanepidRC 👈