“Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dastur” (GLLP) bo‘yicha tanlov nomzodlari bilan suhbat o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dastur” (GLLP) bo‘yicha o‘qitish uchun ishtirokchilarni tanlash maqsadida e’lon qilingan tanlov nomzodlari bilan suhbat o‘tkazildi

✅ Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dastur” (GLLP) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO), AQSH kasalliklarni profilaktikasi va nazorati bo‘yicha markaz (CDC), Kasalliklar nazorati va profilaktikasi Yevropa markazi (ECDC), AQSH jamoat sog‘lig‘ini saqlash laboratoriyalari assotsiatsiyasi (APHL), BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti (FAO), Jahon hayvonlar salomatligini himoya qilish tashkilotlari (MEB) hamkorligida ishlab chiqilgan.

📉Mazkur dastur bo‘yicha mamlakatimizda shu sohalarga aloqador mutaxassislarni o‘qitish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

📋 Ta’kidlash joizki dasturning asosiy maqsadi inson sog‘lig‘i, hayvonot dunyosi va atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan milliy laboratoriya tizimlarini qurish, mustahkamlash, qo‘llab-quvvatlash va yangi laboratoriya rahbarlarini tayyorlash hamda ularga rahbarlik qilishga ko‘maklashishdan iboratdir. Dastur doirasida tanlov o‘tkazilib, 80 dan ortiq nomzodlar ishtirok etish istagini bildirdi.

✅ Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar saralanib, xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan suhbat o‘tkazildi.

❇️ Ta’kidlash joizki suhbat shaffof tarzda o‘tkazilib, dasturda o‘qish uchun mos keladigan mutaxassislar saralab olindi.