2024-yil sayyor sikl (online)

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi shahar va tuman bo‘limlarining bakteriologiya laboratoriyasidagi vrach bakteriologlar “Bakteriologiya” yo‘nalishida malaka oshirish kursi sayyor sikl gibrid (offline-online) tarzida tashkil etildi.

‼️Bir oylik o‘quv kursi davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan sohadagi yangiliklar hamda xodimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida darslar o‘tildi.

2024-yil sayyor sikl (online)

Farg`ona viloyati

Farg`ona viloyati

Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sayyor sikl tarzida malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.

“Parazitologiya” yo‘nalishida 144 soatlik (1 oy) malaka oshirish kursi 2024-yilning 26-noyabridan  tashkil etilgan bo‘lib, unda  20 nafar tinglovchi ushbu  kurslarga jalb qilindi. Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, xodimlarining uzluksiz kasbiy ta’limi jarayonini takomillashtirishning bunday ko‘rinishlari mazkur soha  natijadorligiga xizmat qiladi.

2024-yil sayyor sikl (online)

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati

Sanepidqo`mita Xorazm viloyati boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sayyor sikl tashkil qilindi.

“Gigiyena” yo‘nalishida 144 soatlik (1 oy) malaka oshirish kursi 2024-yilning 16-sentabridan Xorazm viloyatida sayyor sikl tarzida offline (online) ko‘rinishida olib borildi.

2024-yil sayyor sikl (online)

Qashqadayo viloyati

Qashqadayo viloyati

Sanepidqo`mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sayyor sikl tashkil qilindi. “Bakteriologiya” yo‘nalishida 144 soatlik (1 oy) malaka oshirish kursi 2024-yilning 7-oktabridan Qashqadaryo viloyatida sayyor sikl gibrid (offline-online) tarzida olib borildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining xodimlari uchun sharoit yaratish maqsadida mazkur sayyor sikl o‘tkazildi. Sayyor siklda 28 nafar tinglovchi budjet va shartnoma asosida qabul qilindi.

Onlayn malaka oshirish kursi o‘tkazildi

«Standartlash va metrologiya» malaka oshirish kursi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan sanitariya-epidemiologiya sohasi xodimlari uchun onlayn malaka oshirish kursi o‘tkazildi.

Sanepidqo‘mita Sanitariya-gigiyena boshqarmasi Standartlash va metrologiya yo‘nalishida bosh mutaxassis Turdiyeva Luiza tomonidan «Standartlash va metrologiya» malaka oshirish 72 soatlik kursi olib borildi.

Onlayn kurs davomida O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi yangi Qonunning maqsadi, standartlarning toifalari, O‘zbekiston Milliy standarti belgisi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.