← Yangiliklar
Markaz tinglovchilari o‘rtasida “Ona tiliga ehtirom” mavzusida Umummilliy diktant o‘tkazildi

O‘zbek tilining nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, ona tilimizga hurmat va e’tiborni kuchaytirish, yozma savodxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida “Umummilliy diktant” loyihasi doirasida diktant yozish tadbiri tashkil etildi.
Mazkur loyiha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining qo‘shma qarori asosida amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadlari o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni oshirish, davlat tilining ijtimoiy mavqeini mustahkamlash, shuningdek, ishtirokchilarning imlo, punktuatsiya va yozma nutq bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Markazda loyiha doirasida Bakteriologiya va Gigiyena yo‘nalishlarida tahsil olayotgan tinglovchilar o‘rtasida “Ona tiliga ehtirom” mavzusida diktant olindi. Tadbir tinglovchilarning o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya etish, fikrni aniq va savodli yozma tarzda ifodalash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.
Diktant matnida ona tilining inson hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlar va avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritildi. Unda ona tilini asrash har bir insonning sharafli burchi ekani, tilga hurmat esa kundalik muomala, so‘zlarni o‘rinli qo‘llash va fikrni aniq ifodalashdan boshlanishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, har bir kasb egasi faoliyatida savodxonlik muhim o‘rin tutishi, ayniqsa, tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya sohasida aniq, tushunarli hamda mas’uliyat bilan yozilgan fikr va tavsiyalar kasbiy faoliyat samaradorligiga xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbir davomida tinglovchilar o‘zlarining imlo va punktuatsiya qoidalariga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ona tilimizning boyligi va jozibasini yana bir bor chuqur his etdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tinglovchilarda davlat tiliga hurmat, yozma savodxonlik va nutq madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlarga, tarixga va kelajak avlodga ehtiromdir.