«Yuqumli kasalliklar epidemiologiya bo‘yicha» 6-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

2026-yil 14–18-sentabr kunlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish maqsadida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida «Yuqumli kasalliklar epidemiologiya bo‘yicha» 6-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Kursda Koreya universiteti professorlari Li Yo-han va Pak Han-ul o‘qituvchi sifatida ishtirok etdi. Ta’lim jarayonida yuqumli kasalliklar avj olgan holatlarda epidemiologik tekshiruv va tahlil olib borish, shuningdek, ta’lim va treninglarni tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davomida quyidagi mavzular qamrab olindi:
guruhli kasallanish holatlarini tekshirish, tekshiruv rejasini tuzish va holat ta’rifi;
joylarda epidemiologik tekshiruv olib borish, RR/OR tahlili va qaror qabul qilish;

Jamoada ishlash, epidemiologik egri chiziq (Epi Curve) va Attack Rate bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar

Shartli ssenariylardan foydalangan holda epidemiologik tahlil va holatlarni taqdim etish

Xavf-xatarlar bo‘yicha kommunikatsiya (Risk Communication) va fasilitatsiya usullari

Xavf-xatarlar bo‘yicha kommunikatsiya va taqdimot o‘tkazish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar hamda guruhli faoliyat

Yetakchilik va milliy epidemiologiya ta’lim tizimini shakllantirish

Maruzachilar tarmog‘ini yuritish va milliy epidemiologiya ta’lim dasturini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar

Mahalliy yuqumli kasalliklar avj olish holatlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha integratsiyalashgan javob ssenariysi amaliyoti
Kurs davomida ishtirokchilar yuqumli kasalliklarga oid individual tadqiqot natijalarini taqdim etdilar hamda turli ssenariylar asosida epidemiologik tahlil va javob choralarini muhokama qildilar.
Mazkur kurs ishtirokchilarning epidemiologik bilim va amaliy ko‘nikmalari bilan bir qatorda, jamoada ishlash, yetakchilik, xavf-xatarlar bo‘yicha kommunikatsiya va pedagogik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Shuningdek, O‘zbekistonda yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi bo‘yicha ta’limni kelgusida uzluksiz tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni mustahkamlashga yo‘naltirildi.

👉SanepidRC👈